I. UMUMIY QOIDALAR1.1. MCHJ “ DGTL CAMP “ Mas'uliyati cheklangan jamiyat.
(Joylashgan joyi: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bog'ubo'ston ko'chasi, 186-188, В АТИБ “Анор банк” ТШФ; МФО: 01183; ИНН: 309159815; Telefon raqam: 78 113 07 03 ) endi “Platforma” deb yurutiladi; ushbu ommaviy ofertani akseptlovchi jismoniy shaxslarga (kelgusida “foydalanuvchi”) ushbu ofertada aks etgan shartlar asosida o‘quvmateriallarni onlayn taqdim etish xizmatlarini (bundan keyin “onlayn o‘quv kursi” yoki “xizmatlar” deb yuritiladi) taqdim etadi.
1.2. Ushbu ommaviy oferta dasturlash kasblarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv materiallarini onlayn taqdim etish xizmati bo‘yicha tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Bundan keyin matn bo‘yicha shartnoma (ushbu shartnoma) va oferta (ushbu oferta) atamalaribir xil ahamiyatga ega.
1.3. Ommaviy oferta shartlari, shartnomatomonlari rioya qilishlari kerak bo‘lgan boshqa talablar onlayn o‘quv kursining qoidalari hisoblanadi.
1.4. go.junior-it.uz saytida foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida internetda https://go.junior-it.uz manzilida joylashgan ommaviy oferta shartlarini qabul qilgan (aksept) vaqtdan boshlab shartnoma kuchga kirgan hisoblanadi.
II. FOYDALANILGAN ATAMALAR IZOHI2.1. go.junior-it.uz onlayn o‘quv platformasida xizmat ko‘rsatish uchun tuzilgan mazkur shartnomada qo‘llangan atamalar quyidagicha tushuniladi:
Shartnoma – go.junior-it.uz onlayn o‘quv platformasida xizmat ko‘rsatiluvchi amaldagi ushbu ommaviy oferta tushuniladi. Oferta matni internetdagi https://junior-it.uz/oferta manzilida joylashtirilgan.
Ariza – Foydalanuvchining saytdagi shaxsiykabineti, ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta manzili orqali qilgan murojaatlari.
Dasturlash kurslari – go.junior-it.uz taqdim etuvchi xizmatlarasosida o‘rganiladigan darslarga oid kasblar.
go.junior-it.uz – dasturlash kurslarini onlayn o‘rganishga mo‘ljallangan o‘quv materiallari va go.junior-it.uz domen hududida joylashgan, o‘zida ma’lumotlar, matnlar, grafik elementlar, dizayn, tasvir, foto va videomateriallar, intellektual faoliyatning boshqa natijalarini jamlagan materiallar to‘plami joylashgan veb-sayt va “ DGTL CAMP “ MChJning mulki.Kelgusida “sayt” yoki “platforma” deb yuritiladi. Shartnomadagi “sayt” va “platforma” so‘zlari bir xil ma’noni anglatadi.
O‘quv kursi – video, audiovizual, matn fayllar tarzida bitta mavzu va nom bilan birlashtirilgan o‘quv materiallarining to‘plami. O‘quv kurslar tavsifisaytda taqdim etiladi. O‘quv kurslari tarkibiy o‘zgatirib borilishi mumkin.
Shaxsiy kabinet – foydalanuvchining saytda ro‘yxatdan o‘tishi natijasida shakllangan, himoyalangan sahifalar to‘plami. Ofertashartlari doirasida sayt funksiyalaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan sahifa. Shaxsiy kabinetga kirish foydalanuvchining saytda kirishda ko‘rsatgan ma’lumotlari (login va parol) asosida amalga oshiriladi.
Shaxsiy ma’lumotlar – Foydalanuvchining ismi, familiyasi, e-mail pochta manzili,telefon raqami, “cookie”, karta ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlari.
Foydalanuvchi imzosianaloglari – foydalanuvchi shaxsiy kabinetdagi ro‘yxat yozuvlari va tasdiqlangan elektron pochta manzili.
O‘quv materiallari -o‘quv kurslari tarkibidagi axborot va boshqamateriallar (ilmiy ishlar, audiovizual ma’lumotlar, video ma’ruzalar va h.k.) intellektual faoliyat natijalaridir.
Ko‘rsatilgan materiallarga nisbatan intellektual huquq “DGTL CAMP “ MChJga (yoki uning intellektual mulk bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlari asosida uchinchi shaxslarga) tegishlidir.
Foydalanuvchi – internetda https://go.junior-it.uz/oferta manzilibo‘yicha joylashgan ofertaning shartlarini qabul qilgan va saytda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs.
“DGTL CAMP “ MChJ– yuridikshaxs sifatida O‘zbekiston Respublikasida bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan, go.junior-it.uz online o‘quv platformasining huquqiy muallifi hisoblangan muassasadir.
Tomonlar – foydalanuvchi va platforma (go.junior-it.uz).
Hisob – ko‘rsatilgan xizmat va topshirilgan mahsulot (o‘quv materiallari) haqqini to‘lash uchun taqdim etilgan,shaxsiy kabinetdan yoki foydalanuvchining ro‘yxatdao‘tish vaqtidagi elektron pochta manziliga yuborilgan to‘lov xabarnomasi.
Xizmatlar – go.junior-it.uz saytida dasturlashga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv materiallarini onlayn taqdim etish va shu sayt orqali ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar.
2.2. Atamalar bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelganda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Internetning texnik talablariga muvofiq hal qilinadi.
III. SHARTNOMA TUZISHTARTIBI3.1. Shartnoma, ya’ni ommaviy ofertaning matni internetdagi (oferta linki) manzilida doimo mavjud bo‘lib,saytda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rishva tanishish lozim bo‘ladi. Shartnoma matni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
3.2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasiga asosan foydalanuvchi tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi mazkur taklifni to‘lig‘icha akseptlash (qabul qilish) hisoblanadi:
3.2.1. Saytda (go.junior-it.uz) ro‘yxatdan o‘tish;
3.2.2. Tanlagan o‘quv kursi uchun to‘lovni amalga oshirish.
IV. SHARTNOMA PREDMETI4.1. Platforma(go.junior-it.uz) foydalanuvchining arizasigabinoan, tanlangan onlayn o‘quv kursining tavsifida ko‘rsatilgan miqdorda va vaqt oralig‘ida xizmat ko‘rsatishni va foydalanuvchi bunday xizmatlarni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga oladi.
V. HUQUQ VA MAJBURIYATLARI5.1. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari.
5.1.1. Foydalanuvchi quyidagihuquq ega:
5.1.1.1. To‘lovni amalga oshirib sotib olgan onlayn o‘quv materiallaridan belgilangan vaqt davomidan foydalanish huquqiga ega. 5.1.1.2. Ushbu oferta shartlari bilan tanishish
5.1.1.3. Onlayn o‘quv kursini to‘liq o‘tishi;
5.1.1.4. Belgilangan muddatgacha uy vazifalarini bajarishiva tekshirishga topshirish;
5.1.1.5. O‘quv kursinio‘zlashtirayotgani bo‘yicha tekshiruvtestlarini muvaffaqiyatli topshirishi;
5.1.1.6. Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5.1.2. Foydalanuvchi quyidagimajburiyatlarga ega:
5.1.2.1. Ushbu ofertashartlariga rioya qilish;
5.1.2.2. Onlayn o‘quv kursi materiallarini qonunga qarshi maqsadlarda ishlatmaslik, platforma bilan o‘zaro bog‘liq uchinchi shaxslarga zarar yetkazadigan harakatlarni bajarmaslik, shuningdek, o‘ziningqurilmasidagi dasturiy ta‘minotni, o‘quv materiallarni tarqatmaslik va tarqatishga imkon yaratmaslik, foydalanuvchi ma’lumotlarini sohtalashtirmaslik, dasturiy ta‘minotning, saytning normal ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik;
5.1.2.3. O‘quv kursimateriallaridan faqat yakka o‘zi ta’limolish maqsadida foydalanishi;
5.1.2.4. Uchinchi shaxslarga topshirishi yoki boshqaoferta qoidalarini buzuvchi maqsadlarda foydalanmasligi;
5.1.2.5. Oferta, saytdanfoydalanish bo‘yicha Yo‘riqnoma talablariga to‘liq amal qilish;
5.1.2.6. Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5.2. Platformaning huquqva majburiyatlari.
5.2.1. Platforma quydagi huquqlarga ega:
5.2.1.1. Foydalanuvchilarga xizmatlardan foydalanish, bu xizmatlaruchun hisob- kitoblar, xizmat sifati masalalari yuzasidan maslahat berilishini uyushtirishi;
5.2.1.2. Foydalanuvchining shaxsiyma‘lumotlarini muhofaza qilishuchun zarur choralar ko‘rgan va ma‘lumotlarning konfidensialligini ta‘minlashga qaratilgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya qilgan holda qayta ishlash;
5.2.1.3. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5.2.2. Platforma quyidagimajburiyatlarga ega:
5.2.2.1 Ofertada va o‘z saytidako‘rsatilgan xizmatlarni taqdimetishi;
5.2.2.2 Onlayn o‘quv kurslaridan foydalanuvchilarga xizmatlarni ko‘rsatish chog‘ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishi;
5.2.2.3. Ushbu shartnomada aks etgan boshqa majburiyatlar.
VI. XIZMAT KO‘RSATISH TARTIBI6.1. Ommaviy oferta foydalanuvchi tomonidan qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirganvaqtdan boshlab sayt o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyati beriladi.
6.2. go.junior-it.uz onlayn o‘quv platformasida ko‘rsatilgan xizmatlarni faqatginasayt, shaxsiy kabinet va o‘quv kursiga tegishli boshqa dasturiy ta’minotlar orqali taqdim etadi.
6.3. O‘quv kursiningmateriallariga platforma tomonidano‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Platforma orqali xizmat ko‘rsatish quyidagilardan iborat:
6.3.1. Platforma tomonidanbelgilangan miqdorda video darslar joylash,kerakli vaqtda vebinarlar o‘tkazish;
6.3.2. Platforma tomonidan onlayn o‘quv kursi bilan bog‘liqboshqa harakatlar, jumladan:
6.3.2.1. Kurs doirasida foydalanuvchiga berilgantopshiriqlarning (tasklar) bajarilishini tekshirish va baholash;
6.3.2.2. Kurs doirasida foydalanuvchiga ishga kirishda va karyera qurishdakerak bo’ladigan maslahatlar berish. Jumladan: resume tuzish, portfolio yozish, suhbatdan o’tish va ishga topshirish bo’yicha;
6.3.2.3. Kurs doirasida foydalanuvchi bajarmagan topshiriqlariga nisbatan jazolash.
6.4. Xizmat ko‘rsatish muddati:
6.4.1. Har bir o‘quv kursi tarkibi, tavsifiva miqdori o‘ziga xos bo‘lishimumkin. Va bu ma’lumotlar veb saytda ko‘rsatilgan bo‘ladi, o‘zgarib turishi mumkin.
6.4.2. Kursga qilinganbir martalik to‘lovshu kurs uchunbelgilangan muddat davomidaamal qiladi va shu davr mobaynida kursdan ushbu shartnoma va qonunchilikda ta’qiqlangan harakatlarni sodir etmagan holda foydalanish huquqini beradi.
6.4.3. Platformadagi o‘quv materiallari doimo 24 soat davomida aktiv holatda bo‘ladi. Saytdan foydalanish vaqtini foydalanuvchi o‘zi erkin belgilaydi.
6.4.4. Platforma yordam xizmatining xodimlarining ish vaqti haftaning seshanbadanyakshanba kunlarisoat 11:00 dan 22:00 gachahisoblanadi . Vaqt mintaqasi sifatida xizmatlar davomida faqatgina UTC/GMT +5 Toshkent mintaqasi vaqti hisobga olinadi.
6.5. Agar foydalanuvchi murojaat qilgan bo‘lsa, platformafoydalanuvchiga onlayn o‘quv kurslari bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin, foydalanuvchi esa bunday xizmatlar uchun qo‘shimcha pul to‘lash majburiyatini oladi.
6.6. Qo‘shimcha xizmatlarko‘rsatish narxi va muddatlari platformatomonidan saytdagi xabarnomalarda yoritiladi.
6.7. Shaxsiy kabinetni foydalanuvchi tomonidan ishgatushirilishi uning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlanishiga rozilik berganligini anglatadi.
VII. MOLIYAVIY SHARTLAR7.1. Platforma onlayno‘quv kurslarining tavsifiva narxlari saytdahar biri uchunalohida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Foydalanuvchi o‘zi tanlab to‘lovni amalga oshiradi.
7.2. Foydalanuvchi shartnomaning 7.1-bandiga asosan tanlagan o‘quv kursi uchun to‘lovni oldindan to‘liq to‘laydi. Shartnomada aniq belgilangan holatlar yoki foydalanuvchi va platforma o‘rtasidaalohida kelishilgan holatlarbundan mustasno. Foydalanuvchi o‘quv kursi sahifasida ko‘rsatilgan pul to‘lovlarini platforma tomonidan jalb qilingan onlayn to‘lov xizmat(lar)ining dasturiy vositalari yordamida o‘tkazadi. Bunda tomonlar xizmatlar, agregatorlar va/yoki to‘lovlarni yetkazib beruvchilar ushbu pul mablag‘larini o‘tkazish uchun haq olib qolishlariga rozilik bildiradi.
7.3. Agar foydalanuvchi Shartnomaning 7.1-bandida ko‘rsatilgan xizmat haqqinito‘lamagan bo‘lsa, platforma ushbu shartnomadagi xizmatlarini ko‘rsatmaslik huquqiga ega.
7.4. Xizmat haqqi to‘langanidan so‘ng o‘quv kursi sotib olingan hisoblanadi.Agar foydalanuvchi xizmatning taqdimetilishini rad etsa,sayt materiallaridan foydalanish imkoni ochilganligi va to‘lov uchun xizmat ko‘rsatish to‘liq amalga oshirilganligi sababli to‘langan mablag‘lar to‘lovchiga qaytarilmaydi.
7.5. Foydalanuvchi xizmatdan foydalanish uchun saytdako’rsatilgan to’lov tizimidan foydalanadi
7.6. Foydalanuvchi ushbu shartnomani qabul qilish (akspetlash) bilan birga har oy foydalanuvchi ko’rsatgan karta raqamidan belgilangan summa miqdorida pul yechilishiga rozi bo’lgan hisoblanadi.
7.7. Foydalanuvchi to’lovniqaytarish qoyidalari:
7.7.1. 10 ta darsdan ko’p;
7.7.2. 7 kundan ko’p muddat o’tganida to’lovlarni qaytarish imkoniyatiga ega emas.
7.8. To’lov qaytarilish holatida, o’quvchi o’qiganoyiga pul qaytarilmaydi. To’lov muddati esa oyning boshlangan sanasidan hisoblandi.
7.9. Agar o’quvchi uchinchi tomon yordamida to’lovniamalga oshirgan bo’lsa, uchinchi tomondan to’lov qaytarilishi holati bo’yicha muzokaraolib boradi. (Bu holat mikro-kredit tashkilotlari, nasiya, kredit holatlariga ta’luqli)
VIII. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA XIZMATDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZISH8.1. Platforma xizmatishartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, onlayn o‘quv kursi xizmatlarini ko‘rsatishning e‘lon qilingan sifati, ularni ko‘rsatish muddatlari va kamchiliklarini bartaraf etish muddatlarining buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari yoki ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan tartib va miqdorda javobgar bo‘ladi.
8.2. Agar foydalanuvchi shartnoma shartlarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, axloq va odob normalarni yoki texnik talablarni buzsa, platforma foydalanuvchining shaxsiy kabinetini bloklash yoki butunlay o‘chirish, saytga, o‘quv kursi materiallarining ba’zi yoki barcha funksiyalaridan foydalanishni sababini tushuntirmasdan taqiqlash yoki cheklash huquqiga ega.
8.3. Platforma faqatgina o‘z xato kamchiliklari uchun javobgarlikni zimmasigaoladi.
8.4. Platforma foydalanuvchi qurilmasidagi dasturiy ta'minotining (tizim vositalari) soz ishlashini ta'minlamaydi. Bunday dasturiy ta'minotlarni foydalanuvchi o‘zi sotib oladi va/yoki o‘rnatadi.
8.5. Foydalanuvchiga sayt va uning dasturiy ta'minoti, shu jumladan, shaxsiykabinet taqdim etiladi. Saytga kirishni ta'minlaydigan simli va simsiz aloqa operatorlariga, ularning filiallari, yetkazib beruvchilari, xizmat agentlarining ish sifatiga, xizmatiga hech qanday kafolat bermaydi.
8.6. Sayt va shaxsiy kabinet interfeysi foydalanuvchilarning talablariga mos kelishini, uchinchi tomongabog‘liq bo‘lgan holatlarda saytga va shaxsiykabinetga kirishni doimiy,tez, ishonchli va xatosiz taqdim etilishini kafolatlamaydi.
8.7. Foydalanuvchilarning saytga va/yoki shaxsiy kabinetga kirish imkoniyati bo‘lmaganligiga olib kelgan, platformayoki foydalanuvchi tomonidansodir bo‘lgan dasturiy ta'minot va apparat xatolari, shartnomaga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
8.8. Foydalanuvchi tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilganmajburiyatlarni va taqiqlarni buzgan holda platforma shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga ega va shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.
IX. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI9.1. Bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizolar, tortishuvlar va shikoyatlar, shartnomani bekor qilish holatlarni tomonlarmuzokaralar orqali hal qilishga harakatqilinadi. Shikoyatlar va/yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelganda tomonlar shartnomaning 9.1 bandiga ko‘ra, boshqasiga bu haqda xabar jo‘natadi;
9.2.Xabarga javobyuboruvchi tomon tegishlixabar kelgan paytdane'tiboran 30 (o‘ttiz)kun ichida qaror qabul qilmasa yoki tomonlar paydo bo‘lgan har qanday da'vo va/yoki kelishmovchiliklar haqida kelishuvga kelmasa, amaldagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tomonlar nizoni platforma joylashgan joydagi sudga ariza bilan murojaat etadilar.
X.FORS-MAJOR10.1. Ushbu shartnoma maqsadlari uchun Fors-major to‘g‘risida e‘lon qilayotgan tomon barcha oqilona xatti-harakatlariga qaramay, oldini olish, yengib o‘tish yoki cheklash imkoniyatiga ega bo‘lmagan qandaydir voqea-hodisani bildiradi, shu jumladan, urush, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, davlat hokimiyati organlarining qarorlari, embargo, yong‘inlar, portlashlar, suv toshqinlari yoki boshqa tabiiy va texnogen ofatlar, ushbu voqeahodisa O‘zbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida sodir bo‘lganligidan qat‘i nazar fors-major holatlar sirasidandir.
Mablag‘ning mavjud emasligi yoki yetishmasligi fors-major holati bo‘lib hisoblanmaydi.
10.2. Istalgan fors-major holati yuzaga kelganda, ushbu shartnoma bo‘yicha qaysidir majburiyatning (pul to‘lash to‘g‘risidagi majburiyatdan tashqari) tomon tarafidan bajarilishi bunday fors-major holatiga taalluqli bo‘lsa, ziyon ko‘rgan tomon darhol ikkinchi tomonni fors-major holatlarining mavjudligi, boshqa tomonga ziyon va zararni kamaytirish va ziyon ko‘rgan tomonga ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tiklash uchun barcha kerakli choralarni ko‘rish to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi («Fors- major to‘g‘risida bildirish»).
Fors-major to‘g‘risidagi bildirish:
a) fors-major voqea-hodisasini ko‘rsatishi;
b) ziyon ko‘rgantomonning o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga uning ta‘sirini oqilona tafsilotlar bilan tavsiflash;
c) ushbu tomon tarafidan boshqa tomonga yetkaziladigan ziyon yoki zararnikamaytirish va ziyon ko‘rgan tomonning ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tiklash uchun ko‘riladigan choralarni tavsiflash.
10.3.Yuzaga kelgan favqulodda holatlarto‘g‘risida bildirmaslik yoki o‘z vaqtida xabar qilmaslik tegishli tomonni shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun uni javobgarlikdan ozod qiluvchi asos sifatida bu holatlardan biriga havola qilish huquqidan mahrum qiladi.
10.4.Agar fors-major bilan bog‘liq holda tomonlardan biri ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining bajarilishini kechiktirsa, bunday kechiktirish davri ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlarni hisoblashda hisobga olinmaydi va bu tomon fors-major holati sabab bo‘lgan bajarmaslik doirasida shartnoma bo‘yicha olingan majburiyatning kechiktirib bajarganligi uchun haqli deb topiladi, ammo fors- major tufayli tomonlardan biri fors-major to‘g‘risidagi bildirish uzatilganidan keyinikki oy davomida o‘z majburiyatlaridan qaysi birlarini bajara olmasa, tomonlar ushbu fors-major holatining oqibatlarini aniqlash uchun darhol maslahatlashishlari va vaziyatga bog‘liq holda tomonlarning ixtiyoriga ko‘ra kerakli choralarni qabul qilishlari kerak. Agar tomonlar fors-major to‘g‘risida bildirish topshirilgan kundan boshlab uch oy davomida o‘zaro maqbul choralar bo‘yicha bitimga kelishmasa, tomonlardan har biri ushbu shartnomani bekor qilishi mumkin
XI. YAKUNIY QOIDALAR11.1. Tomonlar ushbu shartnomani bajarishda (o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, bekor qilish), shuningdek, boshqa masalalar bo‘yicha yozishmalar o‘tkazishda tomonlarning imzosining analoglaridan foydalanishga ruxsat berishlarini tasdiqlaydi. Tomonlar imzolangan oferta va akseptdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish doirasida barcha bildirishnomalari, xabarlari, shartnomalari va hujjatlari tomonlar uchun yuridik kuchga ega va bajarish uchun majburiydir. Imzosining analoglari sifatida shaxsiykabinetdagi ro‘yxat yozuvlari, tasdiqlangan elektron pochta manzili va SMS-kod bilan tasdiqlangan mobil telefon raqami hisoblanadi.
11.2. Tomonlar vakolatli elektron pochta manzili va shaxsiy kabinet orqali yuborilgan barcha bildirishlar, xabarlar,bitimlar, hujjatlar va xatlar teskarisianiq ko‘rsatilmagan bo‘lsa,tomonlar tomonidan yuborilgan va imzolangan deb hisoblanadi.
11.3. Tomonlar ushbu elektron pochtamanzilini vakolatli deb tan oladilar:
11.3.1.Platforma uchun
digitalcamp21@gmail.com elektron pochta manzili belgilandi.
11.3.2.Foydalanuvchilar uchunsaytda ro‘yxatdan o‘tishdako‘rsatilgan elektron pochta manzili olinadi. Foydalanuvchi mobil telefon raqami deb saytda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan mobil telefon raqam tan olinadi. Foydalanuvhcini karta raqami deb saytda ro’yxatdan o’tishda ko’rsatilgan karta raqami tan olinadi.
11.4.Tomonlar vakolatli elektron pochta manzili va shaxsiy hisobga kirish uchun zarur bo‘lgan axborotva ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashga, uchinchi shaxslarga bunday ma'lumotlarni oshkor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi.
11.5. Foydalanuvchi tomonidan maxfiylikni buzganligi to‘g‘risida ma'lumot olinmaguncha, vakolatli manzilorqali amalga oshirilgan va yuborilgan barchaharakatlar va hujjatlar bu kabi harakatlar va hujjatlar bo‘lsaham, foydalanuvchi shaxsiykabineti va elektronpochta manzili tomonidan boshqarilgan va yo‘naltirilgan deb hisoblanadi. Bunday vaziyatda huquq va majburiyatlar, shuningdek mas’uliyat ham foydalanuvchi tomonda bo‘ladi.
11.6. Maxfiylikni buzganlik to‘g‘risida ishonarli ma'lumot olinmaguncha platformada ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta manzili orqali yuborilgan va jo‘natilgan barcha harakatlar va hujjatlar, hatto bunday harakatlar va hujjatlar boshqa shaxslar tomonidansodir etilgan va yuborilgan bo‘lsa ham, mukammal hisoblanadi.
XII. SHARTNOMA SHARTLARINI O‘ZGARTIRISH12.1. Platforma bir tomonlama ofertaning shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega va ushbu o‘zgarishlar internetda https://go.junior-it.uz/oferta manzilida e'lon qilinganidan keyin kuchga kiradi. Shu bilan birga, shartnomaning eski versiyasiga asosan to‘lovlar to‘lanishi shartnomaning yangi versiyasini yuklashdan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘quv kursi xizmatini taqdim etish muddati tugagunga qadar tomonlar uchun amal qiladi.
12.2. Shartnoma tomonidan hal qilinmagan boshqabarcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida hal qilinadi.
XIII. SHARTNOMA MUDDATI13.1 Ushbu shartnomaning amal qilish muddatiuni tuzish (Ofertaniakseptlash sanasi) (3.2- band) paytidan boshlanadi va tomonlarning ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarib tugatish vaqtigacha yoki uning to‘xtatilishigacha amal qiladi. Agar boshqacha qoidaga tomonlar kelishmagan bo‘lsa, ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
XIV. HUQUQ TANLOVI14.1 Tomonlaro‘rtasidagi huquqiy munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo‘llaniladi.